«Slide Con» MCHJ arxitektura-mebel atelyesi bozorida 9 yildan beri muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda. Biz noyob va funksional interior yechimlarini yaratish bo‘yicha xizmatlarning to‘liq majmuasini taklif qilamiz.
Jamoamiz interior dizayni, rejalashtirish yechimlarini ishlab chiqish, konstruktorlik hujjatlarini tayyorlash, shuningdek metall, yog‘och, oynalar va MDF materiallaridan turli buyumlar va konstruktsiyalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
2015 yildan boshlab faoliyat yuritib, biz mijozlarimiz orasida mas’uliyatli va ishonchli hamkor sifatida o‘z obro‘mizga ega bo‘ldik. Biz har qanday interior g‘oyalaringizni hayotga tatbiq etishga va ularni mukammal natijaga aylantirishga tayyormiz.
«Slide Con» — interioringiz uchun sifat, uslub va individual yondashuv.